Avf etish bo‘yicha iltimosnomani ko‘rib chiqish tartibi qanday?

✅ «O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 30-bandiga asosan avf kilish xakidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish kelib tushgan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi lozim.

✅ Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma ijobiy ko‘rib chiqilganda, Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.

✅ Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilganda, Sho‘’ba bu haqda bir kun davomida iltimosnoma bergan shaxsni xabardor qilish uchun iltimosnoma kelib tushgan organga yoki iltimosnomani mustaqil ravishda yuborgan shaxsga xabar beradi. Muassasa ma’muriyati afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilganligi haqidagi ma’lumotni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan iltimosnoma bergan mahkumni imzo qo‘ydirgan holda xabardor qiladi.

Turmush o‘rtog‘imni mahallamizda sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatida gumonlab ichki ishlar xodimlari olib ketishgan edi. Qancha muddatga ushlab turishlari mumkin?

✅ Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasiga asosan shaxsni ushlab turish, 48 soatdan oshmasligi lozim. Undan ko‘p muddatga faqat sudning sanktsiyasi bilan ushlab turilishi mumkin.