- Davlat xizmatlari markazlari pullik xizmatlar ko‘rsatishga haqlimi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 273-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat xizmatlari markazlarida jismoniy va yuridik shaxslarga ixtiyoriy pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriga ko‘ra pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
- Davlat xizmatlari markaziga ishdan so‘ng ya’ni 18-00 dan keyin murojaat qilishim mumkinmi?
✅ Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat soat 9-00 dan 18-00 ga qadar real vaqt rejimida hujjatlarni to‘xtovsiz qabul qilish belgilangan. Biroq, siz o‘z hujjatlaringizni ERI yordamida 24 soat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborishingiz mumkin.
- Davlat xizmati olishim uchun Davlat xizmatlari markaziga bormasdan navbat olishim mumkinmi?
✅ Albatta, Davlat xizmatlari agentligining davxizmat.uz veb-sayti orqali onlayn yoki oldindan navbat olish orqali amalga oshirishingiz mumkin.
- Davlat xizmatlarini uchun to‘lovlarni qanday amalga oshirsa bo‘ladi?
✅ Davlat xizmatlarini olishda PayMe, Click, Upay, UniPay ilovalari, markazlarda joylashgan bank kassalari va bank-klient ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
- Farzandimni maktabgacha ta’lim muassasasiga qanday qilib joylashtiraman?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan "Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti" talablariga muvofiq ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (arizachilar) yo‘llanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda murojaat qilishi yoki elektron tarzda davlat xizmatlari olish uchun YaIDXPda ro‘yxatga olinishi lozim.
✅ Bunda arizachi farzandini muassasaga qabul qilishning kichik yoshga etgunigacha navbatga qo‘yish huquqiga egaligi, yo‘llanma muassasaga qabul qilish bo‘yicha kichik yoshga etishidan erta bo‘lmagan muddatda berilishi nazarda tutilgan.