Qarorga muvofiq quyidagilar belgilandi:
  • asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni joriy yilning 1-iyuliga qadar to‘xtatish (moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno) va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish yoki 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazish;
  • kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta’mirlash va boshqa xarajatlarni qisqartirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish hajmini joriy yilning II choragida 3,0 trln so‘mdan oshirmaslik bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish;
  • Iqtisodiy taraqkiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda maqbullashtirilgan mablag‘lar hisobiga 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidan chiqariladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar va jarimalar hisobidan jamlanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobida joriy yil 16-aprelь holatiga mavjud qoldiq mablag‘lari, shu jumladan, tijorat banklaridagi depozit hisob-raqamidagi milliy va xorijiy valyutadagi qoldiq mablag‘larining 50 foizini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkazish belgilandi.