Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.
- Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
- Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
- Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma ob’ekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma ob’ekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir.
Notarius tomonidan ko‘chmas mulk vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashda qonunchilik mazmuni tushuntiriladi.
Ishonchnomaning shakllari bilan havolada tanishing.
Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yig‘im undiriladi. Hisoblashni elektron kalkulyator orqali amalga oshirish mumkin.
- Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Elektron notarius portalidan foydalaning.
- Sudga murojaat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.