Onlayn xarid subyektlari
- elektron tijorat, ya’ni onlayn xarid ishtirokchisi bo‘lgan sotuvchi, xaridor va axborot vositachisi (telekommunikatsiya tarmog‘i opyeratori va provaydyeri, banklar, elektron yarmarka va kimoshdi savdosini tashkil etuvchi yuridik shaxs va b.) elektron tijorat subyektlari hisoblanadi;
- elektron tijorat subyektlari tuzilgan shartnomaga muvofiq huquqqa ega bo‘ladi va majburiyatni bajaradi.
Onlayn xarid bo‘yicha tovar sotuvchining huquqlari
- mavjud axborot resurslarida ofyertani, ya’ni xaridorga o‘zining taklifini joylashtirish;
- shartnomalar tuzish yo‘li bilan tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish);
- axborot vositachilariga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun berish.
Sotuvchining majburiyatlari
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida zarur va ishonchli ma’lumot xaridorga taqdim etish;
- elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlashni ta’minlash;
- onlayn xarid ishtirokchilariga o‘zi to‘g‘risida (firma nomi, YaTTning familiyasi va ismi, STIR, joylashgan joyi, pochta manzili, elektron pochta, telefon raqami, litsenziya mavjud bo‘lsa, raqami va muddati) elektron shaklda davlat tilida, zaruriyat bo‘lganda esa boshqa tillarda ishonchli axborot berish.
Onlayn xarid maydonchasi
- sotuvchining ofyertasini (ya’ni xaridorga taklifini) joylashtirish , akseptni (ya’ni xaridorning roziligini) amalga oshirish va shartnomalar tuzish;
- elektron tijorat subyektlariga axborotga kirishni ta’minlash;
- elektron hujjatlar va elektron xabarlarni xavfsiz ayirboshlashni ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan syervyerlarda elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash imkoniyatini o‘z ichiga olishi kerak.
Shartnoma tuzish shartlari
- shartnoma ofyerta va akseptdan iborat bo‘ladi;
- ofyerta yuborgan sotuvchi xaridorning akseptini olsa, shu paytdan boshlab shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi;
- ofyerta unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiy bo‘lib, aksept uchun belgilangan muddat mobaynida chaqirib olinmaydi;
- shartnoma elektron hujjat tarzida, xaridorning roziligi bildirilgan matn bo‘lgan elektron xabar tarzida yoki ofyertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni sodir etish orqali tuzilishi mumkin.
Shartnomada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan shartlar
- shartnoma predmyeti;
- taraflarning asosiy huquqlari va majburiyatlari;
- tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) narxi va tavsifi, hisob-kitob qilish tartibi;
- kafolat muddati;
- yetkazib berish joyi va shartlari;
- taraflarning javobgarligi;
- majburiyatlarni bajarish tartibi va muddatlari;
- shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish imkoniyati va tartibi;
- bitimni rad etish shartlari;
- tovar va pul mablag‘larini qaytarish shartlari va tartibi;
- shartnoma tuzilgan til to‘g‘risidagi ma’lumot;
- shartnomaga kiritiladigan shartlar va tegishli havoladan foydalanish tartibi;
- shartnomaning amal qilishini to‘xtatish shartlari;
- nizolarni hal etish tartibi;
- taraflarning joylashgan joyi (pochta manzili), elektron manzili va bank rekvizitlari;
- taraflar tomonidan kelishilgan boshqa shartlar.
Tovarlarni xaridor ko‘rsatgan joyga yetkazib berish
- sotuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zining avtomobil transportida litsenziya olmasdan tovarlarni yetkazib berishi mumkin;
- sotuvchi tovarlarni yetkazib beruvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega;
- yetkazib berishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullaridan foydalanilishi mumkin.
Onlayn xaridda to‘lovlarni amalga oshirish usullari
- naqd pul bilan — nazorat-kassa apparatidan foydalanish orqali naqd pul mablag‘lari qabul qilingani to‘g‘risida chek yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish;
- elektron to‘lov vositalari bilan — to‘lovlarni qabul qilish uchun hisob tyerminali yoki virtual tyerminal (E-POS) orqali bank kartalaridan foydalanib, elektron to‘lov cheki yoki to‘lovni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan holda;
- bank hisob raqamlari orqali — bank hisob raqamlaridan shaxsiy kabinyet (masofaviy bank hisob raqamlaridan xizmat ko‘rsatish tizimi) yoki chakana to‘lov tizimi orqali o‘tkazgan holda.
Onlayn xarid orqali nuqsonli tovar sotilganda, xaridorning huquqlari
- tovarni tegishli sifatli shunday markali tovarga almashtirib olish;
- tovarni boshqa markali (modelli) tovarga almashtirib, narxini qayta hisob-kitob qilish;
- nuqsonlarni bepul bartaraf etishni yoki xarajatlarni qoplashni talab qilish;
- narxni kamaytirishni talab qilish;
- shartnomani bekor qilish va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilish.
Pul mablag‘larini qaytarish
- pul mablag‘larini qaytarish zarur bo‘lgan hollarda tovar xarid qilinganligi uchun to‘lov qanday usulda amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha usulda qaytaradi;
- pul mablag‘larini qaytarish shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi;
- tovarni va pul mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq hujjatlar elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida rasmiylashtirilishi mumkin;
- tovarni qaytarish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qoplash shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.