Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot - o‘ziga biriktirilgan hududda iste’molchiga qattiq va suyuq maishiy chiqindini to‘plash va olib ketish xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilot.
">xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish
- aholiga – xizmatlar hokimliklar hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma (bitim) asosida;
- jismoniy shaxslarga – xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy shartnoma asosida amalga oshiriladi.
- Xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar jismoniy shaxslar tomonidan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay to‘lanadi.
- To‘lov jismoniy shaxs tomonidan cheklanmagan holda, bank va to‘lov kassasi, elektron to‘lov tizimi va boshqa to‘lov turlari orqali amalga oshiriladi.
Xizmatlar uchun to‘lovlarni elektron shaklda amalga oshirish mumkin
- Iste’molchi avans tariqasida to‘lagan davr uchun qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha foydali sahifalar
- balansni tekshirish va to‘lovni billin tizimi orqali amalga oshirish uchun ushbu havolaga o‘ting
- tariflar kalkulyatori bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting
- hududlar bo‘yicha tariflar bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting
- Jismoniy shaxs qo‘shimcha xizmat uchun to‘lovni 100 % oldindan to‘laydi.
Quyidagi chiqindilarni olib chiqib ketish alohida to‘lov evaziga amalga oshiriladi
- suyuq maishiy chiqindilar;
- yirik gabaritli maishiy chiqindilar;
- chorvachilik chiqindilari;
- qurilish chiqindilari va tuproq;
- daraxt va butalarni kesishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar va smyot.
- To‘lov vaqtida o‘tkazilmaganda o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun jismoniy shaxsdan 0,1% miqdorda penya undiriladi.
Xizmatlar uchun to‘lovlarning qayta hisob-kitobi quyidagi hollarda amalga oshiriladi
- hisoblashda xatoliklar yo‘l qo‘yilganda ;
- iste’molchiga xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilganda;
- istiqomat qiluvchi shaxslar soniga tuzatishlar kiritilganda;
- Majburiy ijro byurosi taqdimnomasi yoki sud qarori bo‘yicha.
- Hisoblashda xatolik aniqlanganda to‘lovni qayta hisob-kitob qilish asos hisoblanuvchi dalolatnoma tuziladi.
- Dalolatnomaga xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Yagona elektron tizimida onlayn shakllantiriladigan ma’lumotlar
- abonentlar to‘g‘risida;
- abonent xizmat ko‘rsatish zonasiga taalluqli bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot;
- abonent bilan birga istiqomat qiluvchi shaxslar soni;
- majburiy to‘lovlar summasi;
- qattqi maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib tashlash xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarning amalda to‘langanligi, qarzdorlik summasi va ortiqcha to‘langanligi to‘g‘risida.