Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari berish va er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish "E-IJRO AUKSION" yagona savdo maydonchasida elektron kim oshdi savdolari orqali amalga oshiriladi.
Kim oshdi savdosi qatnashchisi yiliga bir marta elektron onlayn auktsion orqali yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun bitta er uchastkasini sotib olish huquqiga ega.
Imtiyozlar har bir oilaga bir marta beriladi va boshqa oila a’zolariga taalluqli emas.
Kim oshdi savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar va lotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kim oshdi savdosi boshlanishidan 30 kun oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kim oshdi savdosida qatnashish huquqiga ega.
Kim oshdi savdosida qatnashish uchun arizalarni qabul qilish operatorning veb-portalida avtomatik ravishda xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlanadi va auktsion kunidan 2 kun oldin (soat 13:00 da) tugaydi.
Arizalar elektron ko‘rinishda topshiriladi.
- Ushbu shaxslar kim oshdi savdosida qatnashish huquqiga ega emas.
- Ariza quyidagi tartibda topshiriladi.
- Dehqonchilik uchun er berish.
- Fuqarolarga jamoaviy bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik uchun er uchastkalarini berish.
- Fermer xo‘jaligi uchun er berish.
- Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun er uchastkalarini berish.