Isitish uchun issiqlik energiyasi etkazib berish va issiq suv bilan ta’minlash iste’molchi va etkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Shartnoma tuzish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
- mulkdorning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati;
- mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (kadastr hujjati yig‘majildi);
- ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan ko‘chirma;
- yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va issiqlik ta’minoti tizimlariga ulanish uchun loyiha hujjatlari (noturar joy mulkdori uchun).
Shartnomada nazarda tutiladigan shartlar
- iste’mol va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan rejimlariga rioya qilish shartlari va tomonlarning majburiyatlari;
- balans mansublilik chegaralari;
- issiqlik energiyasi bilan ta’minlashni to‘xtatish yoki cheklash shartlari;
- haq to‘lash tartibi, vaqti, tariflar va shartlar;
- iste’molchiga issiqlik energiyasini etkazib bermagan yoki to‘liq hajmda etkazib berilmagan hollarda to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish;
- hisobga olish asboblari bo‘yicha ma’lumotlar (issiq suvni individual hisobga olish asbobining turi);
- issiqlik energiyasini berish va iste’mol qilishning asosiy shartlari;
- tomonlarning huquq va majburiyatlari;
- tomonlarning javobgarligi;
- nizolarni hal etish tartibi;
- tomonlarning rekvizitlari;
Turar joyning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yangi mulkdor haqidagi ma’lumotni etkazib beruvchiga yuboradi.
Etkazib beruvchi ma’lumot tushgandan keyin 1 oyda mulkdor bilan shartnoma tuzadi.