Gaz uchun to‘lov:
  • gaz hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchiga etkazilgan gaz hajmi billing tizimi orqali aniqlanadi;
  • iste’molchining telefon raqami bo‘lganda, gaz ta’minoti tashkiloti gaz uchun to‘lov haqida xabardor qilishni ta’minlaydi;
  • iste’molchi oy tugaganidan so‘ng 10 kunda gaz uchun to‘lovni amalga oshirishi shart;
  • gaz haqi vaqtida to‘lanmasa, iste’molchi penya to‘laydi.

  

Gaz uchun to‘lovni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish:

Upay orqali – ushbu havolaga o‘ting;

Click orqali – ushbu havolaga o‘ting.

Gaz ta’minoti tashkiloti har oyning 11 sanasidan kechiktirmay, qarzdor iste’molchilar ro‘yxatini shakllantiradi va Majburiy ijro byurosiga taqdim qiladi.

Byuro ro‘yxatni olgan kunning ertasidan kechiktirmay, iste’molchilarni qarzni 5 kun ichida to‘lash lozimligi haqida xabardor qilishni ta’minlaydi.

Ushbu muddat o‘tgandan so‘ng Byuro quyidagi choralarni ko‘radi:
  • qarzdorlikni majburiy undirish;
  • iste’molchining bank plastik kartasidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ni har oyda undirish;
  • qarzdor iste’molchini gaz tarmog‘idan uzish.