Elektr tarmog‘i korxonasi va iste’molchi o‘rtasida 2 nusxada shartnoma tuziladi.

Shartnomaning bir nusxasi iste’molchida, ikkinchi nusxasi elektr tarmog‘i korxonasida qoladi.

Shartnomada iste’molchi va elektr tarmog‘i korxonasining huquq va majburiyatlari aks ettiriladi.

Tariflar kalkulyatori bilan havolada tanishing.

Elektr energiyasi bo‘yicha balansni tekshirish va to‘lash uchun havolaga o‘ting.

Tarif o‘zgarishi haqida xabar berish:
  • elektr uchun tariflar o‘zgarganda, elektr tarmog‘i korxonasi kamida 15 kun oldin bu haqda xabar beradi;
  • bunda iste’molchi foydalanilgan elektr uchun yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab haq to‘laydi;
  • tariflar o‘zgarganda, avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan maishiy iste’molchi 6 oyga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

Qoidabuzarlikni rasmiylashtirish:
  • elektrdan foydalanishda iste’molchi tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilsa, bu haqida dalolatnoma tuziladi;
  • dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchiga beriladi. Bunda iste’molchining elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qo‘yiladi.