Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish uchun har yili sentyabrь oyining 3-sanasiga qadar umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga muvofiq ishchi guruh tuziladi.
Nutqiy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy va psixik holatlariga aniqlik kiritish maqsadida ular tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari (nevropatolog, psixonevrolog, otolaringolog va boshqalar) tekshiruviga yuboriladi. Ushbu mutaxassislarning xulosalari logopediya shoxobchasida (o‘quvchining shaxsiy yig‘majildida) saqlanadi.
Ishchi guruh tomonidan nuqsonlari aniqlangan o‘quvchilar ro‘yxati umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi va sentyabrь oyining 15-sanasigacha xalq ta’limi bo‘limiga taqdim qilinadi. Mazkur ro‘yxatga kiritilganlik o‘quvchini logopediya shoxobchasiga qabul qilish uchun asos bo‘ladi.