Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablar Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Ushbu maktablarni tashkil etish tegishli hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablar o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Bolalarni imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablarga yuborish xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan, xalq ta’limi boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, ota-onalar roziligiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Maktab turlariImkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablar quyidagi (I—VIII) turlarga bo‘linadi:
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo‘lim);
III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun maktab-internatlar;
IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablarga qabul qilishImkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablar 7 yoshdan boshlab, tayyorlov guruhlariga esa 5—7 yoshdagilar qabul qilinadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan 2 yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabga yo‘llangan har bir bolaga ota-onalari (chin etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun – vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
4) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:
- pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
- psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;
- otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun — so‘zlashuv nutq va shivirlab aytilgan so‘zlarni idrok etish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlari, audiogramma ma’lumotlari);
- oftalьmologning ko‘rish organiga tavsifi (ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun- batafsil tashxisi);
- ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun).
Qabul qilinadigan bolalar toifalari
- Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar bo‘lgan bolalar);
- Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rlar, zaif ko‘ruvchilar, keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar);
- Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);
- Tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, skolioz, poliomielit, miopatiya, osteomielit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining etishmovchiligi — pakanalik);
- Psixik rivojlanishi sust bolalar;
- Aqli zaif bolalar;
- Murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p etishmovchilik bo‘lgan bolalar).
Qabul qilinmaydigan bolalar toifalaria) aqli o‘ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);
b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo‘lgan bolalar;
v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;
g) ko‘r-kar-soqov bolalar;
d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik dementsiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
e) markaziy asab tizimiga shikast etganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.Ushbu toifadagi bolalar Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasalariga yo‘llanadi yoki ularga yakka tartibda uyida o‘qitish tashkil etiladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish
- Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda o‘qitish va tarbiyalash jarayoni o‘quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. O‘quvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda baholanadi.
- Ta’lim-tarbiya jarayoni umumiy o‘rta ta’limning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni o‘quv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korrektsion tuzatish uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.
- O‘qish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat va dam olishni ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirishni ta’minlovchi kun tartibi bolalarning imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda yashashini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
- Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda o‘quvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli to‘garaklar, klublar, studiyalar, sektsiyalar tashkil etiladi.
- Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda eshitishida, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va maktab ta’limiga etarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lmagan bolalar uchun tegishli tayyorlov sinflari tashkil etiladi.
- Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda rivojlanishida murakkab nuqsonli (2 ta va undan ko‘p nuqsoni bor bo‘lgan) bolalar uchun maxsus tuzatuvchi (korrektsion) guruhlar (sinflar) ochilishi mumkin. Ushbu guruhlarga ta’lim oluvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi va bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan joylashtiriladi.
Sinflardagi bolalar soni
Ta’lim yo‘nalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari
Sinflarning o‘quvchilar bilan minimal to‘ldirilishi
Boshlang‘ich sinflarda bolalar soni
Yuqori sinflarda bolalar soni
1. I-II turlar:
Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun
8
10
Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar bo‘lgan (1, 2-bo‘limlar) bolalar uchun
10
12
2. III-IV turlar:
Ko‘r(ko‘zi ojiz) bolalar uchun
8
10
Zaif ko‘ruvchilar va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun
10
12
3. V tur:
Nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun
10
12
4. VI tur:
Poliomielit xastaligi oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun
10
12
Serebral falaji oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun
10
10
5.VII tur:
Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun
12
16
6. VIII tur:
Engil darajadagi aqli zaif bolalar uchun
13
13
O‘rta va og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar uchun
11
11
*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan muassasalarda ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqson bo‘lgan) bolalar uchun
6
8
Belgilangan davrlar davomiyligiImkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqson bo‘lgan bolalar sog‘lig‘i va intellektining holati haqidagi ma’lumotlar hisobga olingan holda, 9 yillik umumiy ta’lim dasturini quyida belgilangan davrlar davomida o‘zlashtirishadi.
Ta’lim yo‘nalishlari turlari va bolalar toifalari
Tayyorlov guruhlari
Boshlang‘ich sinflar
Yuqori sinflar
Jami (yil)
I-II turlar:
Kar bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
1
1 — 5
6 — 10
10
Zaif eshituvchi va keyinchalik kar bo‘lgan 1-bo‘lim bolalarining umumiy o‘rta ta’limi
1
1 — 4
5 — 9
9
Zaif eshituvchi 2-bo‘lim bolalarining umumiy o‘rta ta’limi
1
1 — 5
6 — 10
10
III-IV turlar:
Ko‘zi ojiz bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
1
1 — 4
5 — 10
10
Zaif ko‘ruvchi bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
1
1 — 4
5 — 9
9
V tur:
Nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
—
1 — 5
6 — 10
10
VI tur:
Tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
—
1 — 4
5 — 9
9
VII tur:
Psixik rivojlanishi sust bolalarning boshlang‘ich ta’limi (tenglash sinflari)
—
1 — 5
—
5
VIII tur:
Aqli zaif bolalar uchun to‘liqsiz umumiy o‘rta ma’lumot
—
1 — 4
5 — 9
9
* Barcha turdagi Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqsoni bo‘lgan) bolalar toifasi uchun
Murakkab nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqsoni bo‘lgan) to‘liqsiz umumiy o‘rta ta’limi
—
1 — 4
5 — 9
9
Pedagoglarga qo‘yilgan talablarKo‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabda tayyorlov va I—IV sinflarda faqat ko‘rishi sog‘lom o‘qituvchi-tiflopedagoglar dars berishi mumkin.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar jami pedagog xodimlar sonining nisbati 30 foizidan oshmagan va bitta fandan dars beruvchi ko‘zi ojiz o‘qituvchilar uchun 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan tarzda belgilanadi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, tarix va ijtimoiy fanlardan (geografiyadan tashqari), matematika va musiqadan ta’lim berishi mumkin.
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda ta’lim jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash muassasa shtatiga kiruvchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
DavolashImkoniyati cheklangan bolalarni davolash maktabning shtatidagi tibbiyot xodimlari yoki mazkur muassasalarga biriktirilgan sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy sog‘lomlashtirish protseduralari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashg‘ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan maktablarda har bir bolaga tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada bo‘lish muddati tugagach ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga undan ko‘chirma beriladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan maktablarda dori-darmon va fizioterapiya yordamida davolash hamda psixoterapiya, massaj, jismoniy mashqlar, chiniqtirish ishlari olib boriladi.
Ko‘chirishIxtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tkazish pedagogik kengashning qarori asosida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiy va pedagog xodimlari xulosasi asosida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra, bolaning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.