O‘quvchilarni ma’lum fanga bo‘lgan iqtidor va iste’dodini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan sinflar, maktablar (maktab-internat) tashkil etilishi mumkin.
- Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar shaharda kamida 250 o‘quvchi kontingenti va qishloq tumanlarida kamida 150 o‘quvchi kontingenti bilan tashkil etiladi.
Tanlov tashkil etish
- Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab ma’muriyati o‘quvchilar tanlovining sifatli va raqobatli o‘tkazishga erishish maqsadida tanlov boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi lozim.
- Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar 2-sinflar uchun 1 apreldan 20-maygacha, 5-sinflar uchun 25-maydan 20 iyungacha (shu kun ham) qabul qilinadi.
- Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabga joriy o‘quv yilida 1-sinfini tugatgan o‘quvchilar 2-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi.
- Ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatiga joriy o‘quv yilida 4-sinfni tugatgan o‘quvchilar 5-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi.
Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
- ixtisoslashtirilgan maktabi direktori nomiga ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
- №086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- 3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
- psixologik-pedagogik tashxis daftari asosida o‘quvchining qiziqishlari, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma;
- turar joyidan ma’lumotnoma;
- iste’dod va iqtidorini ko‘rsatuvchi ishlaridan namunalar ta’lim sohasi bo‘yicha (nashr etilgan yoki qo‘lyozma sifatida yozilgan she’rlar, hikoyalar, rasmlar va shu kabilar).