Pasportni fuqarolar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, yoxud O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari beradi va almashtiradi.
Quyidagi hollarda pasport almashtiriladi
- pasportning amal qilish muddati tugaganda;
- familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganida;
- millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartirganda;
- yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;
- viza va alohida belgilar uchun mo‘ljallangan varaqlar to‘lganda;
- foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.
Taqdim etiladigan hujjatlar
- ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (pasportni birinchi marta olish chog‘ida);
- ilgari olingan pasport;
- 35x45 millimetr kattalikdagi ikkita oq-qora yoki rangli fotosurat.
Familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish, millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartish yoki yozuvdagi chalkashlikka aniqlik kiritish maqsadida pasportni almashtirish uchun shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
- Fuqaro pasportini yo‘qotgan taqdirda unga belgilangan tartibda pasport yo‘qolgani haqida ariza bergan kundan boshlab 1 oy ichida yangi pasport beriladi.
- Pasportni almashtirishga, shuningdek, 18 yoshga to‘lishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun arizalar - pasport amal qilish muddati tugashidan 1 oy oldin va pasport amal qilish muddati tugaganidan keyin 1 oylik muddatda hamda 18 yoshga to‘lgandan keyin 1 oylik muddatda beriladi.
Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi
- tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — 2 yil muddatga;
- bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
- 16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.
- Konsullik muassasiga taqdim etiladigan hujjatlar.
- Yangi pasportni rasmiylashtirish joyidan qatьiy nazar davlat boji yoki konsullik yig‘imi undiriladi.
- Pasportni qasddan yaroqsizlantirish yoki ehtiyot qilib saqlamaganlik oqibatida yo‘qotib qo‘yish jarimaga sabab bo‘ladi.