O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti – O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasportga (ID-karta) ega bo‘lishlari kerak.
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti ichki ishlar organlari tomonidan beriladi.
- O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.
- Bunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin.
- Pasportni almashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi.
- Pasport tizimi qoidalarini buzganlik jarimaga sabab bo‘ladi.