a) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (TIV) ikki tomonlama bitimi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi. Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi; b) xalqaro aeroport maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aeroportlaridagi TIV bo‘linmalari tomonidan beriladi. Aeroportlarda TIV konsullik muassasalari va bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy fuqarolarning barcha toifalariga beriladi. v) O‘zbekistonning elektron vizalar rasmiy portali evisa.mfa.uz orqali elektron vizalarini rasmiylashtirish. O‘zbekistonga kirish vizalari 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Ayrim fuqarolarga 3 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing.
Bir martalik vizalar uchun: Izoh: har bir marta takroran olingan viza uchun tarif 10 AQSh dollariga oshadi. Ko‘p martalik vizalar uchun: Tranzit vizalar uchun: Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshga to‘lmagan bolalarni istisno qilganda 5 kishi bo‘lishi kerak): Vizalar berish chog‘ida amalda qilingan sarf-xarajatlar uchun ham to‘lov undiriladi. Mazkur to‘lov miqdori vizani rasmiylashtirish joyiga bog‘liq.
Kirish vizalari - 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Ko‘p martalik vizalar “a” bandda ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarga ularning akkreditatsiya muddatiga beriladi, “b”,”v” va “g” bandlarda ko‘rsatilgan boshqa fuqarolarga esa 1 yilgacha muddatda beriladi. Ichki ishlar vazirligi (IIV), hududiy ichki ishlar organlari tomonidan yuqorida ko‘rsatilmagan xorijiy fuqarolarning uchun O‘zbekistondan kirish vizalarini (chiqish, chiqish-kirish) berish va amal qilish muddatini uzaytirishni amalga oshiradi. IIV tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ko‘p martalik vizalar xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila a’zolariga beriladi: a) Investitsiya davlat qo‘mitasida akkreditatsiyadan o‘tgan firma va kompaniyalarning doimiy vakolatxonalari xodimlariga (vakolatxona xodimining akkreditatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida); Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasining rasmiy iltimosnomasi asosida beriladi. b) O‘zbekistonda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy banklar yoki boshqa moliya tashkilotlari xodimlariga (xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotlari shtatiga xorijiy fuqaroni kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida). Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining rasmiy iltimosnomasi asosida beriladi. v) qo‘shma korxona va 100 foiz xorijiy investitsiyali korxona xodimlariga, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yoki akkreditatsiyalangan xorijiy firma xodimlariga, ular tomonidan Tashqi migratsiya faoliyati bo‘yicha agentlikning mehnat faoliyatiga ruxsati olinganidan so‘ng agar boshqa ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hukumatlararo kelishuvlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa; Viza korxonaning rasmiy iltimosnomasi asosida beriladi. g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga. Viza O‘zbekistonning vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining rasmiy iltimosnomasi asosida beriladi.