Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlariga quyidagi hollarda murojaat etilishi mumkin:
- daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollar g‘ayriqonuniy ravishda kesilganda;
- tabiat bog‘lari hududida daraxt va butalar kesilganda;
- o‘rmon fondidan foydalanish, yog‘och tayyorlash va tashib olib ketish tartibi buzilganda;
- o‘simliklar ular o‘sadigan muhitda o‘zboshimchalik bilan yo‘q qilib yuborilganda;
- Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar o‘zboshimchalik bilan yig‘ilganda;
- falokatga uchragan va o‘zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlar ov qilinganda;
- chiqindilar aholi punktlari erlarida saqlansa va bunday joylarga ko‘mib tashlansa.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining vakolatlari:
- ekologik nazorat bo‘yicha reyd o‘tkazish;
- qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
- tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilish;
- ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jarima qo‘llash;
- jismoniy va yuridik shaxslardan zararni undirib olish to‘g‘risida da’volar qo‘zg‘ash;
- sudlarga murojaat etish.
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari haqidagi ma’lumot bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.
- manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, To‘y-tepa ko‘chasi, 2A-uy
- veb-sayt: eco.gov.uz
- e-pochta: info@uznature.uz
- telefon: (+99871)-207-07-70