Sud hujjatlari ustidan norozi bo‘lib apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat berish mumkin.

Apellyatsiya / kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak
  • shikoyat (protest) yo‘llanayotgan sudning nomi;
  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili);
  • shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hal qiluv qarori, qaror va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud;
  • hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;
  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;
  • shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.

Nazorat tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak
  • shikoyat (protest) berilayotgan nazorat instantsiyasi sudning nomi;
  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili) va ishdagi protsessual holati;
  • ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomlari), ularning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili);
  • ishni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi bo‘yicha ko‘rgan sudlar va ular tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining mazmuni;
  • ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirayotgan) sud hujjati;
  • sud hujjati nazorat tartibida qayta ko‘rilishi uchun asoslar, bunday asoslar mavjudligidan dalolat beruvchi vajlar keltirilgan holda;
  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi.

  • Apellyatsiya va kassatsiya shaklidagi shikoyatlar yuqori turuvchi sudga yo‘llanadi.
  • Nazorat tartibida shikoyat bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
  • Shikoyatni shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Shikoyatda (protestda) uni bergan shaxsning yoki uning vakilining telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.

Fuqarolik sudi qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlar
  • apellyatsiya tartibida - qaror qabul qilingan kundan 20 kun ichida;
  • kassatsiya tartibida - qaror qonuniy kuchga kirgan kundan 6 oy ichida;
  • nazorat tartibida - ishni dastlabki tarzda ko‘rgan sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran 1 yil ichida. 

Ma’muriy sud qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlari
  • apellyatsiya tartibida - qaror qabul qilingan kundan 20 kun ichida;
  • kassatsiya tartibida - qaror qonuniy kuchga kirgan kundan 1 oy ichida;
  • nazorat tartibida - ishni dastlabki tarzda ko‘rgan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran 1 yil ichida.

 

Iqtisodiy sud qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlari
  • apellyatsiya shikoyati - birinchi instantsiya sudi tomonidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oy ichida;
  • kassatsiya shikoyati - sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 oy ichida;
  • nazorat shikoyati - sudning hal qiluv qarori ustidan u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran 1 yil ichida.

Jinoyat sudi hukmi ustidan shikoyat qilish muddatlari
  • apellyatsiya tartibida – hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida;
  • kassatsiya tartibida – sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 yil mobaynidagina yo‘l qo‘yiladi.

Jinoyat sudi hukmi ustidan shikoyat qilish muddatlari
  • apellyatsiya tartibida – hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida;
  • kassatsiya tartibidamuddati cheklanmagan, shu bilan birga Jinoyat-protsessual kodeksining 500-moddasiga muvofiq shikoyat yoki protestda og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan boshqa o‘zgarishlar nazarda tutilgan bo‘lsa, sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yo‘l qo‘yiladi.