Bank hisobvarag‘i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga yoki bankning talabiga ko‘ra bekor qilinadi.

Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin
  • mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa, agar bunday summa bank tomonidan bu xaqda mijozni ogoxlantirgan kundan boshlab 1 oyda tiklanmasa;
  • hisobvaraq bo‘yicha 1 yil davomida operatsiyalar amalga oshirilmagan bo‘lsa.

Hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasi olingandan keyin kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

  • Bank hisobvarag‘i shartnomasining bekor qilinishi mijozning hisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi.
  • Hisobvaraq yopilganligi uchun haq olinmaydi.