O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Jismoniy shaxs – O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga, quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
- dividendlar va foizlarga – 10 foiz;
- xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlar) – 6 foiz;
- mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar va boshqa daromadlarga – 20 foiz.