Mijoz asosiy hisobvarag‘i yopilayotgan bankdan olingan tasdiqnomani ariza bilan birga asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka taqdim etadi. Ushbu arizaga asosan, asosiy hisobvaraq ochilayotgan bank mijozga vaqtinchalik «Mijozlar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag‘ini ochadi va bu to‘g‘risida mijoz hamda hisobvaraq yopilayotgan bankka yozma ravishda xabar beradi.
- Mijoz vaqtinchalik hisobvaraq ochilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka asosiy hisobvaraqdagi mavjud mablag‘lar qoldig‘ini asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasi taqdim etadi.
- Dalolatnomaning asosiy hisobvaraq ochayotgan bankning vakolatli xodimlari tomonidan imzolangan va muhr qo‘yilgan nusxasi olingandan keyin mijoz tomonidan yopilayotgan asosiy hisobvaraqdagi mablag‘larni ushbu hisobvaraq ochilayotgan bankda ochilgan vaqtinchalik hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi ijro qilinadi.
- Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu hisobvaraqni yopayotgan bankdan hujjatlar va mablag‘larni olgandan keyin mijozga yangi asosiy hisobvaraqni ochadi, unga vaqtinchalik hisobvarag‘idagi qoldiqni o‘tkazadi va mazkur vaqtinchalik hisobvaraqni yopadi.