• O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish moslamalarini (TN TIF kodi - 8802 20 000 1, 8802 20 000 2 va 8802 20 000 8) olib kirishga, realizatsiya qilishga va ulardan foydalanish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi qoshidagi “Geoinnovatsion markaz” davlat unitar korxonasi tomonidan uchuvchisiz uchish moslamasi olib kirish va ulardan foydalanish hamda Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko‘rsatilgan hollar bundan istisno.
  • Uchuvchisiz uchish moslamasini vaqtinchalik olib kirish va ulardan O‘zbekiston Respublikasi hududida respublikaning turistik imkoniyatlari to‘g‘risida foto va video tayyorlashda, shu jumladan xorijlik ijodiy guruhlar tomonidan foydalanish Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi iltimosi bilan uchuvchisiz uchish moslamasini olib kirayotgan va ulardan foydalanadigan shaxslar hamda tasvirga olish joylari to‘g‘risidagi ma’lumotni Mudofaa vazirligi va Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga taqdim etganda ruxsat etiladi.

  • O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘idan noqonuniy (sanktsiyasiz), shu jumladan uchuvchisiz uchish moslamalari bilan, foydalanish uchun 5 400 000,00 so‘mdan 27 000 000,00 so‘mgacha jarima yoki huquqbuzarlik predmetlarini musodara qilish bilan 15 kungacha ma’muriy qamoq ko‘rinishida ma’muriy jazo belgilangan.