Yo‘lovchi qonun hujjatlari hamda tashuvchilar tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan tartibda:

  • havo transportidan imtiyozli shartlarda foydalanish;
  • belgilangan miqdor doirasida o‘zi bilan bepul bagaj olib yurish;
  • belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa – belgilangan tarif bo‘yicha haq to‘lab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.

Yo‘lovchilarning majburiyatlari
  • uchib ketish, tranzit va manzil davlatining qonun hujjatlari talab qiladigan barcha amaldagi tashish hujjatlari, vizalar, tibbiy va boshqa hujjatlarga ega bo‘lish (aks holda tashishga rad etilishi mumkin);
  • bagajni tekshirish paytida ishtirok etish;
  • nazoratchilarning aviatsiya xavfsizligi uchun o‘tkaziladigan har qanday nazorat talablarini bajarish.

Yo‘lovchilarning havo transporti bortidagi huquqlari
  • havo kemasi ekipaji a’zolaridan tashish shartnomasi shartlarida belgilangan xizmatlarning ko‘rsatilishini talab qilish;
  • yo‘lovchi jamoat tartibini buzayotgan, o‘zini yoki boshqa shaxslarni zaruriyatsiz bezovta qilayotgan hamda sha’ni va qadr-qimmatiga putur etkazayotgan, mol-mulkiga, sog‘lig‘iga yoxud hayotiga tahdid tug‘dirayotgan yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatish talabi bilan havo kemasi ekipaji a’zolariga murojaat qilish;
  • xuddi shunday harakatlar qilayotgan havo kemasi ekipaji a’zolari ustidan shikoyat qilish.

Qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchi boshqa huquqlarga ham egadir.

Yo‘lovchilarning havo transporti bortidagi majburiyatlari
  • yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish  Qoidalari (ro‘yxat raqami 2416, 2013-yil 29-yanvarь) talablarini bajarish;
  • hk komandirining yoki ekipaj a’zosining havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va HK ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulk but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish tartibi va imkoniyatini ta’minlashga doir farmoyishlarini bajarish;
  • hk sahnida uchish taloniga, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida HK ekipaji a’zolarining ko‘rsatmasiga muvofiq joylashishga;
  • yuklarini maxsus ajratilgan joylarga joylashtirishga;
  • «Kamarlarni taqish» tablosi yoqilishi bilan xavfsizlik kamarini taqishga va u o‘chmaguncha echmaslikka.

Havo transporti bortida yo‘lovchiga qo‘yilgan taqiqlar
  • giyohvand moddalarni, tamaki mahsulotlarini (nosvoy va boshqalarni ham) iste’mol qilishi, shuningdek elektron sigaretlardan foydalanishi;
  • tashuvchi tomonidan iste’mol qilish uchun taklif qilingan belgilangan me’yordan tashqari, shuningdek boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan sotib olingan alkogolь mahsulotlarini iste’mol qilishi;
  • uchuvchilar kabinasiga kirishi;
  • HK ekipaji a’zolarining xizmat vazifalarini bajarishlarida ularga to‘sqinlik qilishi yoki ularning ishlariga aralashishi;
  • HKning yurish, ko‘tarilish va qo‘nish vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalanishi, jumladan HK bortida turib fotosuratga va video tasvirga olishi;
  • HKning mol-mulkini (pledlar, yostiqlar, idish-tovoqlar, oshxona jihozlari, elektron vositalar, qutqarish nimchalari va boshqalarni) olib ketishi va shikastlashi;
  • jamoat tartibini buzishi va zaruratsiz atrofdagilarni bezovta qilishi;
  • HK ekipaji a’zolarining tegishli ko‘rsatmalarisiz avariya-qutqaruv jihozlarini ishlatishi;
  • HK ekipaji a’zolarining ruxsati yoki ko‘rsatmalarisiz boshqa joylarga o‘tirishi.


Javobgarlik turlari
  • Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o‘xshash biror-bir belgi va qurilma o‘rnatilsa yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirilsa:
    • fuqarolarga – 810 000,00 so‘mdan 1 350 000,00 so‘mgacha;
    • mansabdor shaxslarga ­­– 1 350 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
  • Aerodrom uskunalari, aerodrom belgilari, havo kemalari va ularning uskunalari shikastlantirilsa 810 000,00 so‘mdan 1 350 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
  • Tegishli ruxsati bo‘lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug‘lik bilan ta’minlab turuvchi ob’ektlar hududida piyoda yoki transportda yurilsa 270 000,00 so‘mdan 810 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
  • Baxtsiz aviatsiya hodisa, u haqidagi ma’lumotlar qasddan yashirilsa, ular to‘g‘risidagi axborot qasddan buzib ko‘rsatilsa, bortdagi va erdagi ob’ektiv nazorat vositalarining ma’lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog‘liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast etkazilsa yoki ular qasddan yo‘q qilinsa 13 500 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
  • Havo kemasidan foydalanish vaqtida unga lazer nurini yo‘naltirilsa (lazer tushirilsa) ashyolar musodara qilinib, 27 000 000,00 so‘mdan 54 000 000,00 so‘mgacha jarima solinadi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinadi.
  • Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagan shaxslarni, qo‘l yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga etkazib berilsa yoki etkazib berishga ko‘maklashilsa:
    • fuqarolarga – 1 350 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha;
    • mansabdor shaxslarga – 2 700 000,00 so‘mdan 5 400 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
  • Havo kemasida bo‘lgan shaxslarning havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj a’zosining farmoyishlarini bajarmasa 1 350 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
  • Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalari buzilsa foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinadi, 810 000,00 so‘mdan 1 350 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
  • Havo kemalarining oynalari va ichki jihozlariga shikast etkazilsa 2 700 000,00 so‘mdan 4 050 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
  • Havo kemalarida tamaki mahsuloti iste’mol qilinsa 540 000,00 so‘m jarima solinadi.
  • Havo kemalari yukxonalarining plombalariga va bekitkich qurilmalariga shikast etkazilsa, ularning plombalarini buzilsa, ayrim yuk o‘rinlariga va yuk o‘ramalariga, paketlariga, yuk qo‘ralarining va yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladigan omborlarning to‘siqlariga shikast etkazilsa, ruxsati bo‘lmay turib yuk qo‘ralariga, konteyner punktlariga (maydonchalariga), shlyuzlarning yuk turgan hududlariga (joylariga) va yuqorida zikr etilgan omborlarga kirilsa 135 000,00 so‘mdan 540 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.