Savol va javoblar

Javob: 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidagi muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilangan ushbu havolaga o‘ting.

Agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo‘lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi (O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar-iyun oylaridagi o‘rtacha ish haqi taxminan 
2,8 million so‘mni tashkil etadi).

Agar qarzni bunday belgilash taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur yetkazsa, manfaatlariga putur yetkazilgan taraf sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa eʼtiborga loyiq holatlarni inobatga olib, qarzning pul bilan to‘lanadigan qatʼiy summasini belgilashi mumkin.

Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qatʼi nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Bunday holda, aliment undirish to‘g‘risidagi daʼvo arizasi bilan fuqarolik sudiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilish kerak:

  • er-xotinning pasportlari (ID-kartalari) nusxalari;

  • bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari nusxalari;

  • ro‘yxatga olish yoki ajralish to‘g‘risidagi guvohnomalar.

Daʼvogar qo‘yidagi holatlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

  • Sud qarori qabul qilinganidan so‘ng, qaror ijro uchun Majburiy ijro byurosiga (MIB) taqdim etiladi.

  • Majburiy ijro byurosi sud qarori asosida ijro varaqasini chiqaradi va javobgardan alimentni hisoblash va undirishga kirishadi.

Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Misol uchun: Fuqaro L. sud qarori bilan aliment to‘lovchi hisoblanadi. Uning doimiy daromadi yo‘q. U MIBda aliment miqdorini hisoblash uchun ish joyidan maʼlumotnoma taqdim eta olmadi. Aliment 1 ta bola uchun undirilishi kerak (ish haqining 25%). Bunday holatda alimentni hisoblash tartibi qanday bo‘ladi?

Javob: Aliment miqdori Respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. Hozirgi paytda Respublikada o‘rtacha oylik ish haqi taxminan 2 800 000 so‘mni tashkil etadi (bu o‘rtacha oylik ish haqining 25 foizi). Bunday holatda undiriladigan aliment miqdori taxminan 700 000 so‘mga teng bo‘ladi.

• Ota-onalar va bolalarning aliment huquqlari va majburiyatlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
• Aliment to‘lash va undirish tartibi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
• Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish uchun ushbu havolaga o‘ting yoki 1107 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
• Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning aloqalari va manzillari.

Javob: Ayollarga tuqqunga qadar 70 kun va tuqqanidan keyin 56 kun muddati bilan homiladorlik va tug‘ish taʼtillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Shuningdek, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun taʼtil berilishi mumkin.
Bu davrda ish joyi saqlanadi.

Homiladorlik va tug‘ruq taʼtiliga chiqish xodimning huquqi hisoblanadi. Taʼtilga chiqqan xodim taʼtil muddati tugashidan oldin ishga qaytishi mumkin va ish beruvchi unga ish berishi lozim 

  • Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

  • Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.

  • Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.

  • «Yagona reyestr» AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar va maʼlumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.

  • Bunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun «Yagona reyestr» AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila (shaxs)ga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 3 daqiqa ichida maʼlumotnoma taqdim etiladi. Ushbu maʼlumotnoma oila (shaxs) «Yagona reyestr» AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlab o‘n ikki oy davomida amal qiladi.

  • Agar bitta oila so‘nggi 12 oy davomida ketma-ket «Yagona reyestr» AT orqali bir necha marotaba kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan bo‘lsa, bunda maʼlumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlanadi.

  • Oila (shaxs) «Yagona reyestr» AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma Nizomning 1a-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etiladi.

Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.

  • Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  1. ariza beruvchi va oila aʼzolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinibasli arizachiga qaytariladi);

  2. chet el fuqarolarifuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);

  3. bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi;

  4. oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha maʼlumot;

  5. ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan maʼlumotlarni Markaziy bank tomonidan «Yagona reyestr» ATga taqdim etish to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila aʼzolari imzolari bilan tasdiqlangan Nizomning 3b-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining «Yagona reyestr» AT tomonidan elektron so‘rov yuborilgan kunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan (to‘liq) miqdorda ijtimoiy soliq to‘langanda hisobga olinadi.

2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolinadi.

Bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari:

a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

  • 250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun;

  • 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;

  • 150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;

  • 100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

b) kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.

Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga to‘lganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.

Javob: Oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi)  uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi ushbu havolaga o‘ting.

Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin: 

  • belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
  • sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
  • oldindan berilgan maqsadli pullar (masalan, xizmat safarlari uchun berilgan va ishlatilmay qolingan avans) bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;
  • mehnat taʼtili bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun;
  • xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun;
  • intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.

Ish haqidan ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimning ish haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim. Ushbu cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda ushlab qolinadigan haqning miqdori 70 foizdan ortib ketmasligi lozim.

Birgalikda farzandlar bo‘lgan taqdirda nikohni bekor qilish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • pasport nusxalari (ID-karta);

  • bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi (nusxasi);

  • nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma (asl nusxasi);

  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya (2 BHM- 600 000 so‘m). Takroriy nikoh bekor qilingan taqdirda (4 BHM– 1 200 000 so‘m).

Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.

Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

Nikohdan ajralishni sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYO organida qayd etish er yoki xotinning yoxud er yoki xotindan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining nikohdan ajralishni qayd etish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiriladi. Bunda arizaga sudning hal qiluv qarori ilova qilinadi.

Sud qarori bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani olish uchun nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi FHDYO bo‘limiga murojaat qilishingiz kerak.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlariga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati sektor ishchi guruhi tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.

  • O‘rganish natijasiga ko‘ra tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yo‘naltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kirmaydigan, ammo birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasi tomonidan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarining davolanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan «Ayollar daftari» jamg‘armasi va Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qo‘yilishi taʼminlanadi.

  • Nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan farzandlariga davolash, dori vositalarini olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlari «Ayollar daftari» jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi va «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.

  • Bunda dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha (6 mln. so‘m) hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi (100 mln. so‘m) xarajatlar «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi;

  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan farzandlarining, shuningdek, lozim bo‘lganda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yo‘l xarajatlari sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi.

Bunda xotin-qizlar yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi.

Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, yo‘lkiraga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi (240 so‘m) miqdorida amalga oshiriladi.

Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga yetkazish lozim bo‘lgan taqdirda, yo‘l xarajatlarini to‘lab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi.

 

Chat