Ishsizlarga, kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o‘tishga, malaka oshirishga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ular ro‘yxatga olingan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan kasb tanlash va kasbiy ta’lim olish imkoniyatlariga doir bepul kasbiy maslahatlar beriladi.

Kasbiy maslahat berishning maqsadi tegishli kasbga tayyorlashga doir hujjatlarni, mehnat daftarchasidagi yozuvlar va boshqalarni o‘rganish, har bir shaxsning sog‘ligini, kasbiy qiziqishini, qobiliyatini, shaxsiy xususiyatlarini unga tavsiya qilingan yoki o‘zi tanlangan kasbning xususiyatlariga, ta’lim shakli va o‘rniga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan.


Kasbiy maslahatlar berish usullari
  • yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish;
  • ijtimoiy va psixologik so‘rov;
  • test olish.

Kasbiy maslahat berish talablari
  • yuksak saviya;
  • ijodiy tashabbus;
  • zamonaviy iqtisodiy fikrlash;
  • ishning yangi uslub va ko‘nikmalarini egallash.


Nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali ayollarga kasbiy maslahat berishda hamda maqbul mehnat faoliyatiga yo‘llashda hududiy xususiyatlar hisobga olinadi.

Kasbiy maslahat olish yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maqbul kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta kasb, mehnat faoliyati, kasbga o‘qitish turi, o‘rni va muddatlari bo‘yicha variantlar taklif qilinadi.