Bemor poliklinikaning yo‘llanmasi (order) bo‘yicha shifoxona yoki klinikaga yotqizilganda davolash va parvarishlash bepul amalga oshiriladi.
Zarurat bo‘lganda Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari mijozlarning imtiyozli toifasini bepul tibbiy yordam olish uchun o‘zining idoraviy mansub tibbiyot muassasalariga yo‘naltirishi mumkin.
Agar bemorda poliklinikaning yo‘llanmasi bo‘lmasa u pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish haqida shartnoma tuzishi mumkin.
Mijozlar qabul bo‘limi (registratura) tomonidan qabul qilinadi, ular mijozlarni ish tartibi, tibbiy yordamlar ro‘yxati, ushbu yordamni ko‘rsatish va olish shart-sharoitlari, vrach-mutaxassislar malakasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi bepul, tushunarli va ishonchli axborot bilan ta’minlashlari shart.