Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a’zolariga, shuningdek vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga beriladi.


Xodimga etkazilgan zararni undirishga doir ishlarni ko‘rish tartibi

  • Zararni undirish haqidagi arizani ish beruvchiga jabrlanuvchi xodim, xodim vafot etgan taqdirda esa, — zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lgan manfaatdor shaxslar beradi.
  • Ish beruvchi arizani ko‘rib chiqishi va ariza tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida tegishli qaror qabul qilishi shart.
  • Xodim yoki manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroriga rozi bo‘lmagan yoki belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular mazkur nizoni hal qilib berish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.