Davlat ishga joylashtirish uchun qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Qo‘shimcha kafolatlar quyidagilar uchun
- ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslar, shu jumladan 14 yoshga to‘lmagan bolalari va nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar hamda ko‘p bolali ota-onalar;
- kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilar;
- Qurolli Kuchlardan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar;
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlar;
- odam savdosidan jabrlanganlar.
Qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlash yo‘llari
- qo‘shimcha ish joylari yaratish;
- ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironligi bo‘lganlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish;
- maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish;
- korxonalarga fuqarolarni ishga joylashtirish uchun minimal ish joylarini belgilash.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasiga havola orqali o‘tish mumkin.