Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar quyidagi shaklda moddiy yordam bilan ta’minlanadi:

  • nafaqasi to‘lash;
  • mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo‘shish;
  • ishsiz shaxsga qaramog‘idagilarini hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
  • haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;
  • mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa erga ko‘chish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash.

Ishsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi
  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o‘rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida;
  • harbiy xizmatdan, Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlaridan bo‘shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizida;
  • ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 26,5 foizi miqdorida;
  • Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga:
  1. mutaxassisligi bo‘lgan shaxslar uchun, shuningdek 12 oy mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi o‘n ikki kalendarь haftadan kam bo‘lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga qayta o‘rgatishni yoki malakasini oshirishni talab qilmasa, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmagan miqdorda;
  2. boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizi miqdorida;
  • ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmagan miqdorda.

Ishsizlik nafaqasi oluvchilarning majburiyatlari

► Ushbu talab uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarilmaganda, ishsizlik nafaqasini to‘lash 3 oygacha muddatga to‘xtatib qo‘yilishi yoki nafaqaning miqdori kamaytirilishi mumkin.

Ishsizlik nafaqasi to‘lashni to‘xtatib turish holatlari
  • ishsiz shaxs kasbga o‘rganish, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan bo‘lsa, — stipendiya olib kasb o‘rganish, qayta tayyorlashdan o‘tish yoki malaka oshirish davrida;
  • ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursini o‘tayotgan bo‘lsa, bunday muassasada bo‘lgan davrida;
  • ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo‘lsa, bunday ishlarda ishtirok etgan davrida.

Ishsizlik nafaqasi to‘lashni bekor qilish holatlari
  • ishsiz shaxs ishga joylashganda;
  • ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda;
  • qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, 35 yoshga to‘lmagan ishsiz erkak haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda;
  • ishsiz pensiya ta’minoti huquqini olgan taqdirda;
  • sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganida;
  • ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan bo‘lsa;
  • ishsizlik nafaqasini aldov yo‘li bilan olayotgan bo‘lsa;
  • ishsiz shaxs vafot etgan taqdirda.