Agar vasiyning yoki homiyning harakatlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga qarashli mol-mulkning qiymati pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, barcha hollarda, xususan:
- vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’vodan voz kechilganda;
- sud muhokamasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan kelishuv bitimini tuzishda;
- vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs da’vogar bo‘lgan ijro ishini yuritish bo‘yicha qarzdor bilan kelishuv bitimini tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsati talab etiladi.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
Prokuratura organlariga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.