a) tug‘ilganlik haqida guvohnoma (pasport) nusxasi;
bolalarning ota-ona qarovisiz qolganlik holatini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlardan biri:
- ota-onasining o‘limi haqidagi guvohnomalar nusxasi;
- ota-onasining yoki ulardan birining ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi haqida sud qarori;
- ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdan va ta’minotidan bo‘yin tovlaganligi, ota-onalarga qidiruv e’lon qilinganligi haqidagi hujjatlar, ichki ishlar organlari, davolash muassasalari va shunga o‘xshash boshqa muassasalarning bolalarning ota-onasiz qolganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalari;
b) sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy muassasa (tibbiy-maslahat komissiyasi)ning xulosasi;
v) vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxsning turar joyi, mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) vasiylik va homiylik organining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olish istagini bildirgan shaxsning turmush sharoitlari, oila a’zolarining salomatligi va oilaning boshqa sharoitlari to‘g‘risidagi tekshiruv dalolatnomalari;
d) vasiylik va homiylik organining vasiy yoki homiy belgilanishiga muhtoj shaxslarga nisbatan vasiy yoki homiy belgilash zarurligi, vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi xulosalari.