Nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga etmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida amalga oshiriladi.

Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi.

Otalikni ishonchnoma bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • o‘zaro qonuniy nikohda bo‘lmagan ota-onaning otalikni belgilash haqidagi arizasi yoki otalikni belgilash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;
  • ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari –pasport, ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
  • bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi (agar tug‘ilishi oldin qayd etilgan bo‘lsa).

Arizachi Davlat xizmatlari markazlariga kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so‘rovnoma to‘ldirishi mumkin.