Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bola tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab 1 oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomasi;
  • ota-onalarining pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
  • nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda bo‘lmagan onaning arizasi taqdim etiladi.

Xizmatni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish mumkin.