Hujjatlarning va arxiv materiallarining saqlanishini ta’minlash maqsadida FHDYo organlari dalolatnoma yozuvlarini yagona elektron FHDYo arxivga kiritadilar.

Mazkur xizmat jismoniy shaxslarga ma’lumotnoma turli xil davlat idoralarga taqdim etish uchun ko‘rsatiladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • Ariza;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

Qo‘shimcha tarzda:

  • ishonchnoma (uchinchi shaxs manfaatida harakat qilayotganda);
  • ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlari;
  • ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda — vasiyatnoma va marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari;
  • ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa — uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.