Dalolatnoma yozuvlarini tiklash - ilgari shunday yozuv bo‘lganligini tasdiqlovchi etarli asoslar bo‘lganida yo‘qolgan yozuvlarni qayta tiklab qo‘yish.

Tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra FHDYo organlarida tiklanadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • Dalolatnoma yozuvlarini tiklash to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi ariza;
  • Shahar (Toshkent), viloyat, respublika (Qoraqalpog‘iston) FHDYo arxivining ariza beruvchining tug‘ilgan joyi bo‘yicha dalolatnoma yozuvining yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomasi (sababini ko‘rsatgan holda);
  • Ariza beruvchining pasport nushasi;
  • Ota-onasining pasportlari nusxalari, agar ota-onasi vafot etgan bo‘lsa, ularning o‘limi haqidagi dalolatnomalar yozuvlarining nusxalari;
  • Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma (ota-onasining va o‘zining) yozuvi nusxasi;
  • ota-onalarining hujjatlari bo‘lmaganda, aka-ukalari, opa-singillarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlari nusxalari;
  • Arizachining iltimosini asoslovchi boshqa hujjatlar.

Dalolatnoma yozuvi qayta tiklanganligi uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.