Notariuslar jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan ko‘chirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan ko‘chirmaning ksyeronusxasi) byeradi.
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.
Vakolatli organ:
- Notarial idoralar;
Xizmat uchun to‘lov: 13 500,00 so‘m.
Muddat: Aniq muddat belgilanmagan (odatda hujjatlar taqdim etilganda).
Natija: Dublikatlar hamda reyestrlardan ko‘chirma.
Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.