Avtotransport vositalarini (shu jumladan, yuk tortgichi, tirkamasi yoki yarim tirkamasi bilan) respublikadan tashqariga olib chiqishda 4-son maxsus blank «Avtotransport vositasini qaytarib olib kirish to‘g‘risida majburiyatnoma» rasmiylashtiriladi.
Blankni rasmiylashtirish uchun avtotransport vositasi egasi (haydovchisi) tomonidan fuqarolik pasporti, avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va og‘zaki ma’lumotlar taqdim etilishi lozim.
Avtotransport vositasi chet davlat hududidan bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan holda olib kirilgan sanadan e’tiboran to‘qson kalendarь kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga bo‘lishi mumkin.
Blanklar bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddatga rasmiylashtiriladi (xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno).
Blanklar ikki nusxada rasmiylashtirilib, bir nusxasi avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi. Avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) blankda aks ettirilgan ma’lumotlarni tekshirib chiqadi, to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi va avtotransport vositasini belgilangan muddatda chet davlatdan qaytarib olib chiqib ketish majburiyatini oladi. Bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali blankni rasmiylashtiradi.
- Avtotransport vositasi egasi (haydovchisi) doimiy ravishda o‘zi bilan birga unga berilgan blank nusxasini olib yurishi shart. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi avtotransport vositasi nazoratga qo‘yiladi.
- Avtotransport vositasi olib kirilishida uning egasi (haydovchisi) tomonidan taqdim etilgan blank nusxasiga bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali blankni nazoratdan echadi.
- Avtotransport vositasining yuk tortgichi, tirkamasi yoki yarim tirkamasi alohida olib kirilgan taqdirda, bojxona postida bu haqida blankka tegishli yozuv kiritiladi, ammo blank nazoratdan faqat yuk tortgichi, tirkamasi yoki yarim tirkamasi to‘liq olib kirilganidan so‘ng echiladi.