Vakolatli tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Quyidagilar arizada ko‘rsatiladi:
  • pasport nusxasi (yuridik shaxslar STIR);
  • hayvonot dunyosi ob’ektlarini (keyinchalik tabiatga qo‘yib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar) yoki kollektsiyalarni saqlashning maqsadi;
  • turlari (kichik turlari, agar duragay bo‘lsa — ota-onalarining turlari ko‘rsatiladi) bo‘yicha soni ko‘rsatilgan tirik holdagi hayvonlarning, hayvonot dunyosi ob’ektlari kollektsiyalarining ro‘yxati;
  • kollektsiya preparatlarini konservatsiyalash turi (nam preparatlar, tanalar, tulumlar va boshqalar);
  • hayvonot dunyosi ob’ektlari va kollektsiyalarining kelib chiqishi (sotib olinishi);
  • pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;
  • hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va hokazo);
  • hayvonlar belgisining mavjudligi (tavsiflash, tartib raqamini ko‘rsatish);
  • veterinariya xizmatining mavjudligi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im:
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 koeffitsienti miqdorida;
  • tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan BHMning 0,2 koeffitsienti miqdorida;
  • xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Muddat: 15 ish kunidan oshmagan muddatda.