O‘zbekiston Respublikasiga kiruvchi yoki undan chiqib ketuvchi shaxslarga qarashli it, mushuk va boshqa nomahsuldor hayvonlar (2 ta boshdan ko‘p bo‘lmagan) va parrandalar (10 ta boshdan ko‘p bo‘lmagan) uchun veterinariya sertifikati beriladi.
Vakolatli tashkilot:
- tovarning joylashish (rasmiylashtirish) manzili bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat veterinariya inspektori
To‘lov: bepul.
Muddat
Veterinariya xizmatlari:
- epizootik holatni o‘rganib chiqish – 2 ish kuni ichida;
- qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazish zarur bo‘lganda – 3 haftagacha;
Bosh Davlat veterinariya inspektori (o‘rinbosari):
- Murojaatni ko‘rib chiqish – 3 kun ichida;
- Ruxsatnoma yuborish – 1 ish kuni ichida.
Tuman (shahar) davlat veterinariya inspektori:
- Guvohnoma rasmiylashtirish – 1 ish kuni ichida.
Veterinariya nazorat punkti xodimi:
- Sertifikatni rasmiylashtirish – tovarlar chegaraga keltirilganda 4 soat ichida.