Xizmat tavsifi: Mazkur xizmat qurilish (rekonstruksiya qilinayotgan) ob’ektlar to‘g‘risida xabardor qilish va ularga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy ofertani olish imkonini beradi
Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son «Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» qarori
Xizmat natijasi: Nazorat funksiyalarining xizmatlari uchun taqdim etilgan ommaviy oferta
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspektsiyalari
* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.