Yo‘nalishdagi avtotransport vositalarida yurishda yo‘lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi, uni butun yurish vaqti davomida saqlashi va nazoratchining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart.
- Yo‘lovchilar yo‘l chiptalarini kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib oladi.
- Yo‘nalishdagi avtotransport vositasi nosoz bo‘lgan taqdirda, nosoz avtotransport vositasining haydovchisi yo‘lovchilarni aynan shu yo‘nalishdagi boshqa avtotransport vositasiga o‘tkazishi shart, bunda yo‘lovchilarga berilgan yo‘lda yurish hujjatlari ushbu avtotransportda yurish uchun ham haqiqiy hisoblanadi.
Yo‘lovchilar yo‘qotib qo‘ygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun to‘langan pul qaytarib berilmaydi.
- Yo‘lovchilarning transportda chiptasiz yurganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.