Avtomobilda yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun litsenziya talab etiladi.
- Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Transport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
- Ariza Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Litsenziya berish haq evaziga amalga oshiriladi.
Avtomobilda yo‘lovchilarni va yuklarni litsenziyasiz tashiganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.