Xizmat tavsifi: Ko‘chmas mulk ob’ekti mulkdorlari yoxud ushbu ob’ekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan yoki bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’ektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari shart.
Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son «Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori.
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi.
* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.