Apostilь qo‘yish — hujjatni (OTM bitirganlik haqidagi diplom, attestat, ilmiy unvon va darajalar haqidagi diplom) imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxs imzosining haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan rasmiy tartib-qoida.
Vakolatli organ: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
Apostil qo‘yish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undiriladi.
Arizani elektron shaklda yuborishingiz mumkin.