Sanoat namunasi
Sanoat namunalariga buyumning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik echimi taalluqlidir. Buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, xususan tarkiblardan tuzilgan buyum, tarkiblardan tuzilgan buyumni yig‘ish uchun mustaqil komponentlar tushuniladi.
- Sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan ob’ektga, agar u yangi va original bo‘lsa Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinib patent beriladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
Davlat boji:
Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish bitta ixtiroga - BHMning 1 baravari.
Rasmiy ekspertiza:
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 (ikki oy) o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.
Sanoat mulki ob’ektiga patent berish:
Sanoat mulki ob’ektiga patent berish ob’ekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 (o‘n) kun o‘tganidan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.