Ixtirolar
Ixtiro sifatida berilgan ob’ekt (qurilma; moddalar; mikroorganizm shtammi), agar u yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa talabnoma asosida Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinadi va huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Davlat boji:
- Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish: bitta ixtiroga - BHMning 1 baravari.
Ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish:
- Qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran 18 (o‘n sakkiz) oy o‘tganidan keyin rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
- Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra topshirilgan sanadan e’tiboran 18 (o‘n sakkiz) oy o‘tguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi mumkin.
Rasmiy ekspertiza:
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 (ikki oy) o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.