Voyaga etmagan ota-ona o‘z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega.

O‘zaro nikohda bo‘lmagan voyaga etmagan ota-ona ulardan bola tug‘ilganda hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilanganda 16 yoshga to‘lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar.

Voyaga etmagan ota-ona 16 yoshga etgunga qadar, bolani voyaga etmagan ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin.

Bolaning vasiysi bilan voyaga etmagan ota-ona o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

Voyaga etmagan ota-ona o‘z otaligi va onaligini umumiy asoslarda e’tirof etish yoki bunga e’tiroz bildirish huquqiga egadir.