18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiyani tayinlash «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlanadi.
«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladi.
- 2021-yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar fuqarolardan talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
- 2022-yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlaridan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni yoki hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.