Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
- 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;
- pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Imtiyozlar soliq inspektsiyasiga soliq to‘lovchining alohida statusga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda qo‘llaniladi.
Ahamiyat bering!
Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk ob’ektiga tatbiq etiladi.