Aliment qarzi aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi.
- Ish haqi va (yoki) boshqa daromad etarli bo‘lmaganda, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘idan, tijorat va tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlarga shartnoma asosida o‘tkazilgan pul mablag‘idan undiriladi, mulk huquqining o‘tishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno. Bu mablag‘ etarli bo‘lmaganda undirish aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning qonun bo‘yicha undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan har qanday mol-mulkiga qaratiladi.
- Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv yoki ijro varaqasi asosida o‘tgan davrdagi aliment qarzi ijro varaqasi yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar o‘tgan uch yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun undiriladi.
- Agar aliment aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan undirilmagan bo‘lsa, alimentlar uch yillik muddatdan qat’i nazar, o‘tgan barcha vaqt uchun undiriladi.
Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.